Begzodbek Abdullaev, Shohida Hoshımovna Shahobıddınova

Anahtar Kelimeler: Reklama, reklama tasniflari, e’lon, reklama e’lonlari, manipulyatsiya, ommaviy madaniyat

Özet

Reklama sohasi yagona fan ob'ekti emas, iqtisodiyot, lingvistika, psixologiya, sotsiologiya kabi bir nechta soha egalari tomonidan o'rganilgan va unga turli xil ta'riflar berilgan. Maqolada ana shu ta'riflar o'rganib chiqilgan va mualliflar ta'rifi tavsiya qilingan. Reklamaning kelib chiqishi, tadriji va zamonaviy muloqot jarayonidagi o'rni borasida ham fikrlar bildirilgan. Reklama O'zbek muloqot diskursida deyarli yangi hodisa hisoblanadi. O'zbeklar urf-odati va muloqot an'analariga mos keluvchi reklamalar yaratish ustida endigina ish olib borilmoqda. Reklama mahsulotining bozor iqtisodiyotidagi o'rnini belgilashda va shunga ko'ra namoyish turini tanlashda buyurtmachi tomonidan tayyor mahsulotning har qanday tomonini haqida ma'lumot berish va iste'mol qatlamini aniqlab olish talab etiladi. Shu va shu kabi qoidalarni ishlab chiqishda har qanday takliflar qabul qilinishi, ijtimoiy diaxron va sinxron holatlar natijasida jamiyatning dunyoqarashi o'zgarishi sari reklama sohasini dunyo reklamachilari doirasida tasniflash muammosiga doir ko'plab bahslar davom etaveradi turadi va hozirgi kungacha reklamaning yagona tasnifi tan olinmaydi. Ommaviy madaniyat inson ongini manipulyatsiya qiladi. Maqolada ommaviy madaniyatning reklama orqali kirib kelish jarayoni tahlil etilgan.